Kia Corporation va TotalEnergies Lubriciants kompaniyalari o'rtasidagi uzoq yillik hamkorlik.

Yangilangan hamkorlik doirasida butun dunyo bo‘ylab (Janubiy Koreyadan tashqari) Kia dilerlik markazlari Quartz yuqori unumdorlikka ega dvigatel moylarini taklif qilishda davom etadi. Ushbu hamkorlik, shuningdek, TotalEnergies kompaniyasining moylash materiallari texnologiyasi, marketing qo‘llab-quvvatlovi va elektr mobillik yechimlari sohasidagi tajribasiga tayanadi.
“Biz ketma-ket to‘rtinchi marta global muddatga qadam qo‘yarkanmiz, mukammallikka intilish hamda butun dunyodagi mijozlar uchun chinakam qiymat yaratishga bag‘ishlangan ishonchli hamkorlikni birgalikda rivojlantirishni davom ettirib, Kia bilan uzoq yillik sherikligimizni uzaytirganimizdan chin dildon mamnunmiz”, — dedi TotalEnergies Lubrifiants kompaniyasining Avtomobil biznesi bo‘linmasi vitse-prezidenti Elodi Lyus (Elodie Luce). “Ushbu yangilangan majburiyat bizning zamonaviy kuch qurilmalari, jumladan, eng so‘nggi gibrid va elektr texnologiyalarining tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan talablariga moslashtirilgan ilg‘or moylash yechimlarini ishlab chiqishni jadallashtirish imkoniyatimizni yanada mustahkamlaydi.”
Kia Corporation kompaniyasining Egalik huquqini boshqarish bo‘linmasi rahbari Dong-Xvan Xvang (Dong-Hwan Hwang) shunday qo‘shimcha qildi: “TotalEnergies o‘tgan 15 yil davomida bizning qadrli hamkorimiz bo‘lib keldi. Yangilangan shartnoma bizga birgalikda yangi imkoniyatlarni o‘rganish, Kia haydovchilari uchun avtomobilga egalik qilish tajribasini yanada yaxshilash va o‘zgarib borayotgan bozorda xizmat ko‘rsatish raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi”.
Bu yangi sahifa moylash materiallaridan tashqari, elektrlashtirish, mobillik xizmatlari va barqaror rivojlanish sohalarida ham chuqurroq hamkorlik qilish uchun yo‘l ochadi. Bu yo‘nalishlar har ikkala kompaniyaning toza texnologiyalar, yuqori unumdorlik va mijozlarga chinakam xizmat qiladigan innovatsiyalarga bo‘lgan umumiy sodiqligini aks ettiradi.
